

Francuz futbolchisi 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomani yana ikki mavsumga uzaytirmoqchi.
Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yuqori bosqichda, garchi yakuniy kelishuvga hali erishilmagan bo'lsa-da. Shartnoma muhokamasi konstruktiv va ijobiy ruhda kechmoqda, har ikki tomon imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga intilmoqda.
Dembele 2023 yildan beri PSJ safida o'ynamoqda. Hujumchi shu vaqt ichida parijliklar bilan birgalikda Fransiya chempionati va kubogi g'olibiga aylandi, ikki marta Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va 2025-yilgi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi.



