Dembele: "Oltin to'p" - individual sovrin, ammo jamoa menga juda katta yordam bergan"

Sherzod Nurmatov
24 sen 2026, 19:20
PSJ hujumchisi Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganining 1 yilligi munosabati bilan o'sha oqshomda qanday his-tuyg'ularni boshdan kechirganini yodga oldi.

"O'sha oqshom o'ziga xos bo'lgandi. Barcha yaqinlarim, shuningdek, biz taklif qilgan Evre shahridan bo'lgan odamlar u yerda bo'lganini eslayman. Marosimdan keyin olgan barcha xabarlarimni ham unutmayman. Bu dahshatli bo'lgandi. "Shatle" teatri tashqarisidagi muhit ham xuddi shunday o'zgacha edi. Menda faqat go'zal xotiralar qolgan. Hammasi juda tez o'tib ketdi, lekin bu lahzalar abadiy xotiramda qoladi.

Avval aytganimdek, bu individual mukofot, ammo jamoa menga juda katta yordam bergan. Ushbu sovrinni yutgan yilimda ular men uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib berishdi. Ayniqsa, juda ko'p golli uzatmalarni etkazib bergan Bredli Barkolyani alohida eslayman. Bu jamoaviy mehnat natijasidir", – dedi Dembele.

2025 yil 22 sentyabrda “France Football” jurnali tomonidan o'tkazilgan 69-taqdirlash marosimida Dembele faoliyatida ilk bor "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC