

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Zayniddin Tojiev (“G'azalkent”)
“G'azalkent” G'uzorda Pro liga yetakchilaridan biri “Sho'rtan” mehmoni bo'lib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini zaxiradan tushirilgan Ivan Korshunov hal etdi. “G'azalkent” Zayniddin Tojiev ko'rsatmalarini to'la ado etib, sensaciya qayd etdi. Championat.asia sayti aynan uni tur murabbiyi sifatida etirof qildi.

Tur futbolchisi - Saidxon Hamidov (“Olimpik-MobiUz”)
“Olimpik-MobiUz” ortda qolgan turda “Yaypan” maydoniga safar uyushtirib, raqibni 6:1 hisobida tor-mor keltirdi. Uchrashuvda chap qanot himoyachisi Saidxon Hamidov xet-trik qayd etdi. Shu tariqa, u Championat.asia ijodkorlari tomonidan tur futbolchisi bo'ldi.

Tur darvozaboni - Asrorbek Kenjaev (“G'azalkent”)
“G'azalkent” “Sho'rtan”dek kuchli jamoani mag'lub etishida mehmonlar posboni Asrorbek Kenjaevning o'rni beqiyos bo'ldi. “G'azalkent” 1 kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, u bir qator vaziyatlarda jamoasi joniga ora kirdi. Shunday qilib, o'yinni “quruq” o'tkazgan 21 yoshli darvozabon 10-turning eng yaxshi posboniga aylandi.

Tur goli - Bekjon Rahmatov (“Lochin”)
“Lochin” xavbeki Bekjon Rahmatov “Kattaqo'rg'on”ga qarshi bahsda olis masofadan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi. Uning ustamonlik bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'ridan joy oldi. Aynan shu gol turdagi eng yaxshisi deb topildi.




