Principial to'qnashuv: O'zbekiston MTJ Eron bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2026, 11:25
O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr-oktyabr oylaridagi FIFA kunlari doirasida Eron terma jamoasi bilan bahs yuritadi.

Uchrashuv Toshkentda tashkil etilishi kutilmoqda. Bu haqda Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj ma'lum qildi.

“21 sentyabrdan 6 oktyabrgacha bizda FIFA kunlari bor. Ushbu FIFA kunlari doirasida uchta o'yinda qatnashamiz. Hozircha O'zbekiston va Rossiya bilan o'ynashimiz aniq bo'ldi.

Uchta o'yinimiz uchta turli mamlakatda bo'lib o'tadi. Keyingi FIFA kunlarida Iroqqa boramiz va u yerdagi turnirda ishtirok etamiz”, – dedi Toj.

Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro Eron bilan muzokaralar davom etayotganini ma'lum qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: footballi.net