"U haqiqiy dahshat edi". Mourinyu - Messining "Barselona"dagi davri haqida

11 avg 2026, 09:40
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messining "Barselona"dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

"U haqiqiy dahshat edi. Uni to'xtatish uchun nima qila olardik? Birinchi o'yinoq tushundimki, biz ular qilgan ishni qilib "Barselona"dan ustun bo'la olmaymiz. Ularni engish uchun maydonda ham, maydondan tashqarida ham boshqacha bo'lishimiz kerak edi.

Biz bitta kubok, bitta chempionat va bitta Chempionlar ligasi uchun kurashganimiz manosida futboldagi raqiblar edik. O'ylashimcha, bu yaxshi bo'lgan", - deydi Mourinyuning so'zlarini keltirgan Ole.

Messi 2003 yildan 2021 yilgacha "Barselona"da to'p surgan. Kataloniya klubi tarkibida futbolchi 520 ta o'yin o'tkazib, 474 ta gol urgan va 216 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Ole