Lukaku faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin

11 avg 2026, 10:30
"Fenerbaxche" "Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Bu haqda taniqli insayder Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Turkiya klubi 33 yoshli forvard bilan shartnoma shartlarini deyarli to'liq kelishib oldi. Belgiyalik futbolchining o'zi esa neapolliklarning kelishuvni tasdiqlashini kutmoqda.

Avvalroq "Fenerbaxche" futbolchi uchun 5 million evro taklif qilgani haqida ma'lumot paydo bo'lgan edi.

"Napoli" hujum chizig'ini kuchaytirish ishlarini boshlash uchun Lukakuning sotuvini imkon qadar tezroq yakunlamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://x.com/sachatavolieri