Fabio Kannavaro: "Murabbiy sifatida faqat natijaga emas, har bir jihatga chuqur yondashaman"

Sherzod Nurmatov
5 avg 2026, 12:59
O'FA majlislar zalida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani davom etyapti.

- Siz kelganingizdan keyin terma jamoa o'yini kuchaydimi?

- Ha. Chunki biz ish boshlaganimizdan buyon futbolchilar bilan gaplashib tushunib etdimki, ular mashg'ulotlardan zavq olayotganini bildirib, qiziq ma'lumotlar bilan tanishishayotganini aytishdi. Futbolchilarga metodologiyamiz maqul kelganini aytishim mumkin.

Ayrim o'yinchilar o'z o'yinlari kuchaytirib, chempionatda ishonchli o'yin namoyish eta boshlashdi. Men murabbiy sifatida faqat natijaga emas, har bir jihatga chuqur yondashaman. Masalan, Kongo DR bilan bahsda ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi taymda o'yinni to'liq nazorat qildik, ikkinchi taymda esa qo'rquv sababmi, teskarisi kuzatildi. Kolumbiya bilan o'yinda birinchi taymda himoyaviyroq o'ynadik, ikkinchi taymda hujumkor jamoaga aylandik.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia