

"TeamTALK" nashri xabariga ko'ra, "kanonirlar" hali ham markaziy himoyachi, chap qanot vingeri va agar byudjet imkon bersa, hujumchi sotib olish niyatidalar.
"Arsenal"ni tark etishga yaqin turgan o'yinchilarga kelsak, ushbu ro'yxatga "Vest Xem" qiziqish bildirayotgan vinger Reyss Nelson kiradi. Londonliklar futbolchi bilan ijara asosida emas, balki butunlay xayrlashishni xohlashmoqda.
Sotuvga qo'yilgan boshqa ikki nomzod - bu braziliyalik Gabriel Jezus va Gabriel Martinellidir. Birinchisi bilan shartnoma imzolashga "Napoli" qiziqayotgan bo'lsa, ikkinchisini "Galatasaray" ko'rib chiqmoqda.



