

“Jaloliddin Masharipov mavzusiga ham alohida to'xtalib o'tishimiz kerak. Men dunyodagi yagona ahmoq murabbiy bo'lsam kerak, uni JCHdan oldingi holati va xizmatlarini inobatga olib, turnirga olib ketdik. Uni JCHga olib borish uchun ancha ish qildik. Men u bilan Dubayda ko'rishdim, Rimda ko'rishdim. Uni tayyor holatga keltirish uchun ko'plab mutaxassislar bilan maslahatlashdik. Masharipovda asosiy muammo tizza bilan emas, Kanada bilan o'yindan keyin yuzaga kelgan bel churrasidagi muammo bilan bog'liq bo'ldi. Biz Toshkentdagi o'rtoqlik o'yinidan keyin sezdikki, uning tizzalari, ikki oyog'idagi farq sezilarli darajada edi. Shu sababli uni Dubayga tibbiy ko'rikka yubordik. Lekin belidagi muammo unga JCHda qatnashishga to'sqinlik qildi.
Masharipov 8-9 oy davomida nafaqat rasmiy o'yinlarda, o'rtoqlik o'yinlarida ham maydonga tushmagandi. Men uning o'yinlarini murabbiy sifatida faqat televizor orqali ko'rgandim. Bizda yana boshqa jarohatdagi futbolchilar ham bor edi - Aziz G'aniev, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Behruz Karimov. Barcha jarohatlanganlarni hisobga olgan holda bu qarorni qabul qilishga majbur edim.
Masharipov hatto yurishga qiynalayotgandi, uni JCHga olib borish uchun barcha mutaxassislarni jalb etdik. Balki qo'limdan kelganini qilganim mening katta xatom bo'lgandir. Bu narsa mening ham boshimdan o'tgan. Jarohat tufayli Yevropa chempionatini o'tkazib yuborishimga to'g'ri kelganda, men uni to'g'ri tushunaman. U JCHda qatnashishga loyiq edi - ajoyib inson, ajoyib futbolchi.
Bizda jarohatlangan Husniddin Aliqulov ham bor edi. Uni ko'pchilik eslamadi.
Men muammo nimadaligini unchalik tushunmayapman. Xorijlik bo'lganim uchunmi yoki Masharipovga yaqinroq bo'lgan insonlar uni himoya qilish uchun ko'plab norozilik bildirishdimi, shu tomonlama biroz o'yga toldim. Lekin men ajoyib mamlakatda ishlayapman, o'zbek xalqini juda yaxshi bilaman, ular juda mehmondo'st”, – dedi italiyalik mutaxassis.



