APL grandlari "Monako" yulduzi uchun jang boshlashdi: MYU raqobatchilari ko'paymoqda!

Aslanov Jasurbek
31 mar 2026
Angliyaning "Chelsi" va "Liverpul" klublari "Monako"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Lamin Kamara uchun kurashga qo'shildi.

Bu haqda "Caught Offside" nashri xabar bermoqda.

Avvalroq senegallik iqtidor sohibiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Endi esa MYUning asosiy raqobatchilari ham transferni ilib ketishga harakat qilishmoqda.

"Monako" o'z futbolchisini sotishga tayyor, biroq uni kamida 65-75 million evroga baholamoqda. Qayd etish joizki, Kamaraning shartnomasida tovon puli ko'rsatilmagan va francuz klubi shoshilayotgani yo'q. Monegasklar futbolchining narxi yanada oshishiga ishonishmoqda.

Joriy mavsumda Lamin Kamara barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchini 35 million evroga baholamoqda, biroq "Monako" ikki baravar ko'proq mablag' talab qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Caught Offside