Pep "Man Siti"dan ketishi haqida: "Men dam olishga loyiqman. Agar kuch-quvvatim bo'lganida, qolgan bo'lardim"

24 may 2026, 10:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etayotganini charchoq bilan izohladi.

Ispaniyalik mutaxassisning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi.

"Ma'lum muddat jamoalarni boshqarmayman. Bu aniq. Sizni ishontirib aytamanki, agar menda kuch bo'lganida, jamoa bilan qolgan bo'lardim. Agar boshqacha bo'lganida, men haliyam shu yerda bo'lardim.

To'g'risini aytsam, men dam olishga loyiqman", - dedi Gvardiola.

Bugun "Man Siti" APL doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'yin o'tkazadi va bu Gvardiola qo'l ostidagi so'nggi uchrashuv bo'ladi. Pep "shaharliklar"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru