"Paxtakor" va Ayman Hussayn o'rtasidagi kelishuv shartlari ma'lum

31 iyul 2026, 08:25
Iroq terma jamoasi hujumchisi Ayman Hussayn tez orada "Paxtakor" futbolchisiga aylanadi.

Tomonlar 1+1 ko'rinishida shartnoma imzolaydi. Hujumchining yillik maoshi esa 1 million dollarni tashkil qiladi.

30 yoshli hujumchining so'nggi jamoasi Iroqning "Al Karma" klubi bo'lgan. Hujumchi yakuniga etgan mavsumda sobiq jamoasi safida 18 ta bahsda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va yana bitta golga assistlik qilgan.

Shuningdek, hujumchi yakuniga etgan JCHda Iroq termasi safida 2 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/iraqfootballpod/