Bobur Abdurahmonov: “Bolalar o'syapti”

30 iyul 2026, 22:55
Proliga 12-turidan o'rin olgan “Paxtakor FJ” va “Olimpik Mobiuz” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng (1:4) “Paxtakor FJ” bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– O'yin haqida qisqacha o'z fikrlaringizni aytib o'tsangiz. 

– O'yin haqida fikrim; 60 minut yaxshi o'ynashdi bolalar. O'yin yoqdi, baribir ozgina kuchi etmayapti bolalarning. Chunki yana hozir ikkita futbolchimizni o'rinbosarlar tarkibiga berdik. Shuning uchun zaxirada ham o'yinni kuchaytiradigan o'yinchi yetishmayapti. Shunga qaramay, bolalar borini berishdi, chiroyli o'yin bo'ldi deb o'ylayman, futbol o'ynashdi bolalar.

 – Joriy mavsumda natijalardan kelib chiqqan holda, yaxshilab o'ylab ko'rilsa, “Paxtakor Farm” tarkibida boshlang'ich tarkibda maydonga tushayotgan futbolchilar ichida sof to'qqizlik futbolchi yetishmayotganday, yani raqiblar darvozasiga muttasil raxna solib turuvchi futbolchi yetishmayapti. Buning evaziga yon qanot yarim himoyachilariga ko'proq yuklama tushayapti. Shu holat bo'yicha nima deya olasiz?

– Shunaqa o'yinchimizni berib yuborganmiz o'rinbosarlar tarkibiga, bor edi. Endi uning o'rniga ham chiqarishga harakat qilayapmiz.

Mana bugun chiroyli gol urdi hujumchimiz. Birinchi davra boshlaridagi o'yinimiz bilan hozirgi o'yinimiz orasida baribir ancha farq bor, bolalar o'syapti. Ko'rindi bugun, tezlik qo'shilgan. 

– Zaxiradan maydonga tushgan Botir Sadirovni yana qayta zaxiraga oldingiz…

– Ha, hali yosh bu o'yinchimiz, 2009 yil. Ozgina o'yinga kirisha olmadi. Shunga hozir o'ziga ham tushuntirdim. Keyingi o'yinga tayyorlaymiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia