“Atletiko” 40 mln evrolik transferni amalga oshirdi

11 iyul 2026, 16:16
"Atletiko" yarim himoyachi Morten Yulmandning "Sporting"dan transferini e'lon qildi.

27 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Ispaniya klubi yarim himoyachi uchun 40 million evro va bonuslar to'laydi. Avvalroq bitimning umumiy summasi 45 million evroga yetishi mumkinligi xabar qilingandi.

Yulmand 2023 yildan beri "Sporting"da o'ynayotgan va sardorlik bog'ichiga ega edi. Daniyalik futbolchi Lissabon klubi safida 141 ta o'yin o'tkazib, ikki marta Portugaliya chempionati va bir marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. Yarim himoyachi o'tgan mavsumda Portugaliya chempionatida 27 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yulmand Daniya terma jamoasi safida 27 ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: atleticodemadrid.com