

– Yangi klubdagi rasmiy debyutingiz qanday taassurot qoldirdi?
– Ochig'i, mendagi hissiyotlar aralash. Birinchi navbatda, gol urganim uchun shukrona aytaman. Birinchi bo'lim qaysi jabhalarda kuchayishimiz kerakligini ko'rib olishimiz uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi, chunki, shaxsan men uchun ikkinchi bo'lim birinchisiga qaraganda yaxshiroq o'tdi. Biz yana mashg'ulotlarga qaytamiz, keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz va yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz.
– “Surxon” jamoasiga transferingiz qanday amalga oshdi?
– Agentim orqali. Agentim bu borada yordam berdi. Bu uning ishi; u bu masalani hal qildi va men hozir shu erdaman. Men hozir oilam bilanman (jamoani nazarda tutmoqda).
– Mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarida to'rtta gol urdingiz. O'zbekiston Superligasida eng yaxshi to'purar unvoni uchun kurasha olasizmi?
– Xudoning inoyati bilan, ha, degan bo'lardim. Men hujumchiman va imkon qadar ko'proq gol urishni hamda jamoamga o'yinlarda g'alaba qozonishda yordam berishni xohlayman, bu eng muhimi.


