“Bolalar o'yinga tayyor emas edi” - Bobur Abdurahmonov

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 19:15
Proliganing 24-turidan o'rin olgan “Paxtakor FJ” - “BuxDU” (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

- Bobur aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...

- Bugun o'yin haqida fikrim - bolalar o'yinga tayyor emas edi. To'rt kundan oldin o'yin o'tkazganimizga ham bolalar vaqtincha tiklana olmadi deb o'ylayman. Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman.

- Bobur aka, umumiy o'yin suratiga qarasak, jamoada kayfiyat yo'qdek tuyulyapti. Bunday o'yinlarda kayfiyatni nima belgilab beradi, ayniqsa raqib deyarli teng saviyada bo'lganda?

- Bolalar yosh, ruhan tayyor bo'lmagandir bu o'yinga, yoki tiklanish bo'lmagandir. Bundan oldin “Sho'rtan” bilan o'yinimiz ham xuddi shunday bo'lgan - bolalar o'ynamagan. Ularga tushuntiryapmiz, aytyapmiz. Balki uchta o'yindan keyin o'ziga kela olmagandir. Lekin uchta o'yinda yaxshi o'ynashayotgandi, bugun o'zimiz ham hayronmiz…

- Ko'pincha birinchi bo'limning o'zidayoq o'zgarishlarga qo'l uryapsiz. Lekin nimagadir o'zini oqlamayotgandek tuyulyapti, ikkinchi bo'limda ham shu ahvol, bu nima bilan bog'liq?

- To'g'risi aytsam, biz qolgan bolalar bilan o'ynayapmiz - asosiy o'yinchilarimiz o'rinbosarlar tarkibiga ketgan, qolgan bolalarning ham asosiy ikki-uchtasi jarohatda. Hozir biz U-19da o'ynayotgan bolalar bilan o'yin o'tkazayapmiz, bazilarni hattoki bugun birinchi taymda tushirdik, o'ynamagan hali. Noilojlikdan bor bolalarni o'ynatyapmiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia