Paulo Dibala endi "Roma"ga kerak emas

Alisher Ostonov
19 dek 2025
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala katta ehtimol bilan jamoasini o'zgartiradi.

Uning "bo'rilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan. Rim klubi rahbariyati argentinalik bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas.

Dibalani "Boka Xuniors" sotib olmoqchi. Argentina klubiga allaqachon Paulo "Roma"ga kerak emasligi haqida ma'lumot kelib tushgan. Bu hujumchi bilan muzokaralar olib borish uchun "yashil chiroq" hisoblanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: calciomercato.com