SSKAning o'zbekistonlik murabbiylari rekord o'rnatdi

6 sen 2026, 17:18
SSKA bosh murabbiyi Dmitriy Igdisamov Rossiya Premer-ligasidagi dastlabki 9 uchrashuvida biror marta mag'lubiyatga uchramadi.

Bu natija SSKA murabbiylari orasidagi yangi rekord hisoblanadi. Shuningdek, u Rossiya chempionatidagi dastlabki to'qqiz o'yinini mag'lubiyatsiz o'tkazgan ilk murabbiy bo'ldi.

Avval bunday natijani 2020 yilda "Lokomotiv" bilan ish boshlagan Marko Nikolich qayd etgan va u ilk mag'lubiyatini faqat 12-o'yinda qabul qilgan. Rossiyalik murabbiylar orasida esa bunday seriyani so'nggi bor Vladimir Eshtrekov 2005 yilda "Lokomotiv" bilan amalga oshirgan - uning jamoasi ilk bor 16-o'yinda mag'lub bo'lgan.

Ma'lumot uchun, Igdisamov Toshkentda tug'ilgan. Uning yordamchisi Denis Korostichenko ham toshkentlik.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta