

Oskarning takidlashicha, Xitoyga yo'l olishiga asosiy sabab o'sha paytda "Chelsi"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani bo'lgan.
Transfer vaqtida moliyaviy tomon muhim bo'lsa-da, futbolchi yangi madaniyat bilan tanishish imkoniyatini ham yuqori baholagan.
Oskar hozirgi kunda Neymar, Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema kabi futbolchilarning Saudiya Arabistoniga yo'l olishini futboldagi katta o'zgarish deb atadi.
Futbolchi o'z faoliyatiga "bu shunchaki ish" deb qarash kerakligini va futbolda faqat hissiyotlar bilan qaror qabul qilish etarli emasligini ta'kidladi.
Oskarning fikricha, uni tanqid qilganlarning barchasi agar o'sha paytda xuddi shunday taklif olganida, 100 foiz rozilik bildirgan bo'lardi.



