O'zbekistonlik hakamlar Malayziyada ishlashadi

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 16:20
O'zbekistonlik hakamlar “Shopee Cup” musobaqasi final bahsida ishlaydi.

Bugun Malayziyada “Shopee Cup” musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda “Selangor” (Malayziya) hamda “Buriram Yunayted” (Tailand) jamoalari o'zaro kuch sinashadi.

Mazkur uchrashuvni Rustam Lutfullin boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uzfhm