O'zbekiston U-20 terma jamoasi navbatdagi yig'inni boshladi

20 avg 2026, 21:10
25 avgustdan 5 sentyabrga qadar yurtimizda U-20 Osiyo kubogi saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Jamoliddin Raxmatullaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlikni 20 avgust kuni Milliy futbol markazida boshladi.

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Bagdan Odinaev ("Bunyodkor"), Ibrohim Shokirov ("Neftchi"), Ozodbek Odiljonov ("Respublika FA"), Nematullo Rustamjonov ("Respublika FA"), Sirotillaxon Yusufxonov ("Respublika FA").

Himoyachilar: Shorahim Shoraxmedov ("Respublika FA"), Muhammad Hakimov ("Bunyodkor"), Muhammadali Dilshodbekov ("Paxtakor"), Ozodbek Najmiddinov ("Respublika FA"), Abdulvosit Soliev ("Respublika FA"), Diyor Ermanov ("Paxtakor"), Nurmuhammad Abdug'aniev ("Neftchi"), Hojaqbar Botiraliev ("Respublika FA").

Yarim himoyachilar: Quvonch Abraev ("Lokomotiv"), Azizbek To'lqinbekov ("Bunyodkor"), Abdulfayz Bobomurodov ("Bunyodkor"), Quvonshbek Saydaliev ("Paxtakor"), Azizbek Erimbetov ("Neftchi"), Behruz Abdusattorov ("Respublika FA"), Asilbek Abdurasulov ("Respublika FA"), Tohir Ashurboev ("Surxon").

Hujumchilar: Ulug'bek Maratov ("Olimpik Mobiuz"), Nurbek Sarsenbaev ("Neftchi"), Asilbek Aliev ("Respublika FA"), Davron Tulaganov ("Paxtakor").

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia