

Bugun mazkur turnir g'olibini aniqlab beradigan bosh sovrin uchun bahs bo'lib o'tadi. Unda Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi Rossiya U-19 jamoasi bilan uchrashadi. O'yin 17:00 da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvga kirish mutlaqo bepul
Vakillarimiz avvalgi uchrashuvda Saudiya Arabistonini penaltilar seriyasida enggan bo'lsa, raqibimiz Armanistondan ustun kelgan edi.




