Jamoliddin Rahmatullaev: "O'yin startida biroz qiynaldik, keyin esa uchrashuv nazoratini qo'lga oldik. Raqib o'z imkoniyatlaridan foydalanib ketdi"

Administrator
7 okt 2026, 02:01
Mirabror Usmonov xotira turniri finali doirasida Rossiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev uchrashuv haqida gapirdi.

"Raqib kuchli edi. O'yin kurashlarga boy bo'ldi. O'yin startida biroz qiynaldik, keyin esa uchrashuv nazoratini qo'lga oldik. Shunchaki, vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Ikkinchi bo'limni ham yomon boshlamagandik. Ikkita vaziyatda raqib imkoniyatdan foydalandi. Keyin hujumga chiqishga majbur bo'ldik. Zaxira o'yinchilari o'yinni kuchaytirishdi. Uchrashuv oxirida farqni qisqartirdik, lekin vaqt yetmadi.

Kunora o'yin, qayta tiklanish qiyin. Shunga o'zgarishlar ko'p qildik. Jahon chempionatiga qadar Osiyo kubogi bor, bu turnirga tayyorgarlik doirasida uzoq yillik reja, yani Jahon chempionatiga ham tayyorlanmoqdamiz. Jahon chempionati darajasidagi raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishga maksimal harakat qilmoqdamiz" – dedi Jamoliddin Rahmatullaev.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia