Kannavaro O'zbekiston terma jamoasida qolish uchun Italiya klubi bosh murabbiyligidan voz kechdi

Оқил Абдубарноев
22 okt 2026, 22:05
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning ukasi Paolo O'zbekiston terma jamoasidagi ishi sababli Italiya klubining taklifini rad etdi.

"O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan joy olgan italiyalik mutaxassis Paolo Kannavaro "Julyano" klubini boshqarishni rad etdi.

45 yoshli murabbiyga Raffaele Di Napolining iste'fosidan so'ng bo'shab qolgan lavozimni egallash taklif qilingan edi. Tomonlar hatto 2027 yilning iyun oyigacha, keyinchalik uzaytirish imkoniyatiga ega shartnoma bo'yicha og'zaki kelishuvga ham erishishgan edi.

Biroq Kannavaro O'zbekiston terma jamoasidagi ishini davom ettirishga qaror qildi. Uning bu qaroriga milliy terma jamoa bilan amaldagi shartnomasi va jamoani boshqarayotgan akasi Fabio Kannavaro bilan hamkorlikni saqlab qolish istagi ta’sir ko'rsatdi.

Paolo Kannavaro kamida 2027 yilgi Osiyo Kubogiga qadar O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida qolishni rejalashtirmoqda", – deya xabar beradi manba.

Paolo shu yilning 25 yanvar kuni rasman O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabiga kirib, 2025 yilning oktyabr oyidan buyon jamoani boshqarib kelayotgan akasi Fabio Kannavaroning yordamchisiga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb