

Iyun oyida "Seltik" bilan shartnomam tugagach, professional futboldan ketaman. Bu qarorni qabul qilib bo'lganman. Elkamdagi jarohatim borasida turli jarrohlar, mutaxassislar bilan maslahatlashdim va ular menga top darajaga qaytishni kutmasligim kerakligini aytishdi. Men bu haqda ko'p o'yladim, lekin hozir ayni vaqti deb o'ylayman", – dedi futbolchi.
39 yoshli posbon "Seltik" bilan Shotlandiya chempionati g'olibligi va Shotlandiya Kubogini 2 martadan qo'lga kiritdi. Daniyalik futbolchi faoliyati mobaynida "Darlington", "Beri", "Falkirk", "Manchester Siti", "Kardiff", "Koventri", "Notts Kaunti", "Lids", "Lester", "Nicca" va "Anderlext" jamoalarida o'ynagan.
Shmeyxel "Lester" bilan Angliya Premer-ligasi, Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.
U milliy terma jamoada 120 o'yin o'tkazib, 56 tasida darvozasini daxlsiz saqlagan.



