

Ayrim manbalar va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur uchrashuv uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Niderlandiya terma jamoasiga 300 ming dollar miqdorida mablag' to'lanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ushbu ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qildi. Aytilishicha, mazkur o'rtoqlik uchrashuvi uchun Niderlandiya futbol federatsiyasiga hech qanday mablag' to'lanmaydi.
Uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq stadion ijarasi, xavfsizlik, translyatsiya hamda boshqa tashkiliy xarajatlar esa tomonlar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq teng taqsimlanadi.
Eslatib o'tamiz, Fabio Kannavaro qo'l ostidagi milliy jamoa 8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi "Icahn Stadium"da Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.



