JCH qaydnomasidan tushib qolgan Azmun sukutni buzdi

Sherzod Nurmatov
19 may 2026, 18:06
Eron terma jamoasining JCH uchun kengaytirilgan tarkibidan tushib qolgan "Shabab Al Ahli" hujumchisi Syerdar Azmun eronlik jamoadoshlariga omad tiladi.

“To'g'ri, hozir yoningizda emasman, lekin sizlar mening qadrdon do'stlarimsiz. Shunday ekan, sizlarga muvaffaqiyat tilayman.

Ko'pchilik mening nomimni yomonotliq qilib, jamoadagi muhitni buzishni xohlayapti, lekin bu gap-so'zlarning mutlaqo asosi yo'q.

Omad yor bo'lsin, yigitlar!”, – dedi Azmun.

Avvalroq Azmun Instagram’dagi sahifasidan terma jamoa libosidagi surati va Eron futbol federatsiyasi sahifasini o'chirib tashlagandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia