

“Italiyalik tajribali mutaxassis Aldo Espozito milliy jamoa murabbiylar shtabiga qo'shildi. U terma jamoa futbolchilarining tiklanish jarayoni, jarohatlarning oldini olish hamda reabilitaciya yo'nalishida faoliyat olib boradi.
Ma'lumot uchun, Aldo Espozito faoliyati davomida Italiyaning “Kalyari” hamda “Yuventus” klublari va Italiya milliy terma jamoasida fizioterapevt sifatida ishlagan. Mutaxassis 5 ta Jahon chempionati va 5 ta Yevropa chempionatida ishtirok etgan bo'lib, 2006 yilgi Jahon chempioni hisoblanadi.
Shuningdek, u FIFA Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati hamda UEFA Chempionlar ligasida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar safida faoliyat yuritgan”, - deb yoziladi O'FA xabarida.



