

Jurnalist Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, klublar 23 yoshli himoyachining transferi bo'yicha 55 million evro evaziga kelishuvga erishgan. Shuningdek, futbolchi bilan shaxsiy shartlar ham to'liq kelishilgan. Braun "Bavariya" bilan 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.
Nataniel Braun o'tgan mavsum Bundesligada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4tadan gol va assist amalga oshirdi.
JCH–2026 guruh bosqichining dastlabki ikki uchrashuvida esa himoyachi 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.



