

"Angliyaning Gana bilan o'yinidan keyin hammamiz biroz xotirjam bo'lishimiz kerak. Men bunday vaziyatlarni boshdan kechirganman va aniq ayta olamanki, Jahon chempionati boshidagi bitta o'yin hech narsani hal qilmaydi. Chorshanba kuni juda ko'p salbiy fikrlarni eshitdim, lekin vaziyatga boshqacha qarash kerak deb o'ylayman.
O'yin ajoyib bo'ldimi? Yo'q. Ko'ngilni qoldirdimi? Albatta. Ammo bazilar shunday fikr bildiryaptiki, go'yoki Angliyaning imkoniyatlari bir zumda yo'qolib qolgandek. Uchta Jahon chempionatida ishtirok etgan inson sifatida aytamanki, bu aslo bunday emas.
Muxlislar va ekspertlarning eng katta xatosi - har bir o'yin bir xil ssenariy bo'yicha o'tishi kerak, deb o'ylashidir. Angliya Xorvatiyaga to'rtta gol ursa, keyin Ganaga qarshi ham shunday bo'lishini kutishadi. Futbolda, ayniqsa yirik turnirlarda, bunday bo'lmaydi.
2002 yilda biz birinchi o'yinda Shvetsiya bilan durang o'ynadik va hamma hayratda qolgandi. Bir necha kundan keyin Argentinani mag'lub etdik va to'satdan hamma Jahon chempionligini gapira boshladi. Keyin Nigeriya bilan 0:0 o'ynadik va tanqidchilar yana qaytishdi.
1998 yilda Ruminiyaga yutqazganimizdan keyin ham ko'pchilik hamma narsadan shubhalana boshlagandi. Keyin esa Kolumbiyani mag'lub etdik.
Hatto so'nggi Jahon chempionatida Argentina birinchi o'yinda Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi, ammo yakunda kubokni qo'lga kiritdi. Shuning uchun bitta omadsiz o'yindan keyingi bu qadar salbiy munosabatni tushunish men uchun qiyin", - dedi Ouen.



