

London klubi ekvadorlik himoyachini "Bayer"dan o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
24 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni "kanonirlar" safida ijara asosida o'tkazgan edi. "The Athletic" nashri ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer qiymati taxminan 40 million funt sterlingni tashkil qildi. Inkapie "Arsenal" bilan 2031 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Angliya Premer-ligasi o'tgan mavsumida ekvadorlik himoyachi 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



