59 yoshli futbolchi faoliyatini davom ettiradi

25 iyun 2026, 20:15
Yaponiyaning 3-divizionida ishtirok etuvchi "Fukusima Yunayted" klubi 59 yoshli Kadzuyosi Miuraning ijara shartnomasi uzaytirilganini rasman e'lon qildi.

Futbolchining transfer huquqi "Yokogama" klubiga tegishli bo'lib, yangi ijara kelishuvi kelasi yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Shu tariqa, Miura professional faoliyatidagi 42-mavsumni o'tkazadi.

Afsonaviy hujumchi faoliyati davomida Braziliya, Italiya, Xorvatiya, Avstraliya va Portugaliya klublarida ham to'p surgan. Yaponiya milliy terma jamoasi safida esa 89 ta uchrashuvda maydonga tushib, 55 ta gol urgan.

O'tgan mavsumda Miura "Fukusima Yunayted" safida 6 ta o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fufc.jp