Behruz Karimovni Yevropaning 4 ta klubi skauti kuzatdi

25 iyun 2026, 15:04
O'zbekiston MTJ a'zosi Behruz Karimov tez orada legionerga aylanishi mumkin.

18 yoshli himoyachiga bir qator Yevropaning TOP klubilari qiziqish bildirmoqda. Nomi keltirilmagan ikkita Angliya, bittadan Germaniya va Fransiya top klub skautlari Behruzning Portugaliyaga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilgan.

Eslatib o'tamiz, Behruz Karimov davom etayotgan jahon chempionatida terma jamoamiz safida har ikki bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia