O'zbekiston - Kolumbiya o'yinini Entoni Teylor boshqarib boradi

14 iyun 2026, 18:13
JCH-2026 “K” guruh 1-tur doirasidagi O'zbekiston - Kolumbiya o'yiniga hakamlar tayinlandi.

O'yinni angliyalik Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Gari Besvik va Adam Nann yordam beradi.

To'rtinchi hakam kosta-rikalik Xuan Kalderon, zaxira yordamchi hakami esa uning hamyurti Xuan Karlos Moradir.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Kolumbiya o'yini 18 iyun kuni soat 07:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fifa.com