Superliganing o'tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi faoliyatini vodiy jamoasida davom ettiradi
Khoja
15 iyul 2025
O'tgan mavsum O'zPFL tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olingan "Surxon" futbolchisi Abdug'ofur Haydarov ikkinchi davrani vodiy jamoasida davom ettirishga yaqin.
20 yoshli hujumchi ikkinchi davrani "Qo'qon-1912" jamoasida o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi o'tgan mavsum Superligada 12 ta uchrashuvda 7 ta gol urib, yilning "eng yaxshi yosh futbolchi" uchun beriladigan sovringa ega chiqqan.