

"Gretsiyadan qo'rqmasligimiz kerak, biroq ularga hurmat bilan munosabatda bo'lishimiz shart. Ularda ishlar yaxshi ketmoqda, tarkibda ayniqsa hujum chizig'ida ko'plab iqtidorli futbolchilar jamlangan. Oson bo'lmaydi.
Tarkibga kelsak: Yan Paul van Xekke Serbiyaga qarshi o'yinda zarba qabul qilib olgandi. U haqiqiy jangchi va so'nggi bir necha kun davomida mashg'ulotlarni davom ettirishga harakat qildi, biroq bugungi mashg'ulotda og'riq juda kuchli ekani ma'lum bo'ldi. Juda achinarli holat", – deya Xavining so'zlarini keltirdi UEFA rasmiy sayti.
Gretsiya – Niderlandiya uchrashuvi payshanba, 1 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.



