"Ordabasi" o'yinida tomoshabinlar Kia avtomobili yutib olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
7 mar 2026, 18:39
"Ordabasi" - "Irtish" uchrashuvi tanaffusida tomoshabinlar o'rtasida sovrinli o'yinlar o'tkaziladi.

Bosh sovrin - yangi Kia Soluto avtomobili. Shuningdek, muxlislar Sony PlayStation 5 va iPhone 17 Pro Max yutib olishi mumkin.

"Ordabasi" - "Irtish" uchrashuvi 7 mart kuni QPL-2026 1-turi doirasida bo'lib o'tadi. O'yin "Kajimukan" stadionida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq o'zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev "Ordabasi"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq jamoaning yangi mavsum uchun e'lon qilingan qaydnomasidan uning ismi o'rin olmagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Ордабаси" матбуот хизмати