⚡️ Bobir Abdixoliqov “Ordabasi” mashg'ulotlariga qo'shildi

Eldor Akmurzayev
1 fev 2023, 08:25
Avvalroq, unga Qozog'iston jiddiy taklif tushayotgani haqida xabar bergandik.

“Energetik-BGU” bilan yorqin mavsum o'tkazgan Bobir Abdixoliqov “Ordabasi” mashg'ulotiga qo'shildi. 25 yoshli hujumchi klubning Turkiyadagi yig'inida ishtirok etmoqda.

Shimkentliklar safida o'zbekistonlik boshqa bir futbolchi Shahboz Umarov ham harakat qiladi.

“Ordabasi” yozda Konferenciyalar Ligasi yangi mavsumi guruh bosqichiga chiqish uchun saralash bahslarida qatnashadi va Qozog'iston chempioniga aylanishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Bobir Abdixoliqovda Qozog'istondan jiddiy taklif bor  

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia