"Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2026, 02:39
Ispaniya La Ligasining 3-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Rayo Valekano" jamoalari o'rtasidagi o'yin nihoyasiga etdi.

Bahs "Spotifay Kamp Nou" stadionida (Barselona, Ispaniya) bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Fransisko Xose Ernandes Maeso bosh hakam sifatida ishladi. Uchrashuvda 5:2 hisobidagi g'alabani mezbon jamoa futbolchilari nishonlashdi.

O'yindagi ilk golni 12-daqiqada "Rayo Valekano" hujumchisi Serxio Kamelo urdi. 19-daqiqada "Barselona" hujumchisi Rafinya hisobni tenglashtirdi, ikki daqiqa o'tib esa vinger Lamin Yamal "ko'k-anorranglilar"ni oldinga olib chiqdi. "Rayo Valekano" himoyachisi Floryan Lejyon 51-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 59-daqiqada Serxio Kamelo dubl qayd etdi. 71-daqiqada Rafinya ham o'z dublini rasmiylashtirdi. 90-daqiqada Lamin Yamal ham ushbu uchrashuvdagi ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 5:2.

“Barselona” - “Rayo Valekano” 5:2

Gollar: Rafinya 19, 71, Yamal 21, 90, Lejen 51 (avtogol), - Kamelo 12, 59.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

"Barselona": Joan Garsiya, Kubarsi, Kunde, Kristensen, Pedri, Olmo, Espart, Bernal, Gordon, Rafinya, Yamal.

"Rayo Valekano": Kardenas, Lejyon, Vertroud, Siss, Lopes, de Frutos, Kamelo, Garsiya, Baliu, Martin, Buare.

Ispaniya chempionatidagi uchta o'yindan so'ng "Barselona" to'qqiz ochko jamg'arib, turnir jadvalini boshqarib oldi. Madridning "Real" klubi ham to'qqiz ochko jamg'argan, ammo to'plar nisbatiga ko'ra "ko'k-anorranglilar"dan ortda qolmoqda. "Rayo Valekano" bir ochko ishlab olgan va 18-pog'onada joylashgan.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia