

"Aston Villa" - "Arsenal" 0:1
Gollar: 59 - Bukayo Saka
“Aston Villa”: 1. Zion Sudzuki, 2. Metti Kesh (29. Aaron Van-Bissaka, 78’), 3. Viktor Lindelyof, 14. Pau Torres, 22. Yan Matsen, 8. Bubakar Kamara, 7. Jon Makginn, 53. Jorj Xemmings (47. Alisson, 71’), 10. Emiliano Buendiya, 6. Ross Barkli (17. Alexandro Garnacho, 78’), 11. Nikolas Jekson (18. Temmi Abraxam, 71’).
Zaxira: 40. Marko Bizot, 5. Tayron Mingz, 13. Matteo Rujeri, 26. Lamar Bogard, 74. Luka Linch.
“Arsenal”: 1. David Rayya, 3. Kristyan Moskera (15. Ezri Konsa, 79’), 6. Gabriel Magalyayns, 33. Rikkardo Kalafori, 4. Ben Uayt, 8. Martin Edegor (23. Mikel Merino, 71’), 49. Maylz Lyuis-Skelli (39. Bruno Gimarayns, 71), 41. Deklan Rays (36. Martin Subimendi, 85’), 7. Bukayo Saka, 29. Kay Xaverc, 17. Xristos Colis (10. Eberechi Eze, 46’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 5. Pero Inkape, 20. Chukvunonso Madueke, 14. Viktor Gyokeresh.
Ogohlantirishlar: 29 - Xristos Colis, 81 - Alisson, 81 - Jon Makginn, 90+6 - Yan Matsen
90+11. O'yin yakunlandi.
90+10. Oxirgi daqiqalarda “Aston Villa” futbolchilari raqiblariga provakaciya ham qilmoqda. Ajoyib!
90+8. Bruno raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam qoida buzilmaganini bildirdi.
90+3. Bruno Gimarayns o'z jamoasi jarima maydonchasi ichida to'pni raqibdan maydon chetiga chiqartirib yuborishga erishdi va shundan so'ng xursand bo'ldi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.
87. Oxirgi daqiqalar asabiy o'tmoqa, mezbonlar katta kuch bilan oldinga boryapti, ammo aytarli xavfli vaziyat yuzaga keltira olishmayapti.
79. Moskera jarohat oldi, o'rniga “Aston Villa”ni shu yozda tark etgan Konsa tushdi maydonga.
75. Kay Haverc birga-bir vaziyatga chiqib bordi, darvozabonning yonidan kiritib qo'ymoqchi edi, Suzuki esa super seyv ko'rsatdi! Qo'shimchasiga, ushbu holatda offsayd ham bo'lgan ekan.
74. Havercning erlatib bergan kuchli zarbasini Suzuki qaytardi.
72. Har ikki jamoa ham biryo'la ikkitadan o'zgarish qilib yuborishdi.
64. Yaxshi hujum ko'rdik mezbonlardan: “Arsenal” jarima maydonchasida tashkil etilgan kombinaciya yakunida Kesh zarba bergandi, ammo himoyachilar bunga “blok” qo'ya olishdi.
62. Xemmings chap qanotdan oldinga tezlik bilan yurish qilib, to'pni markazroqqa uzatgandi, ammo noaniq ketdi pas.
60. Gol ko'rdik o'yinda, maydon egalari buyog'iga faollashishi aniq.

59. GOL! Saka hisobni ochdi! Kalaforining oyoqlari uchi bilan berilgan uzatmasidan so'ng Bukayo to'pni darvozaga kiritdi!
57. Edegorning jarima zarbasidan tepgan to'pi salgina noaniq ketdi…
56. Holat ko'rib chiqildi, penalti bekor qilinddi, jarima zarbasi qoldirildi.
55. VAR holatni ko'rmoqda, fol jarima maydonchasi tashqarisida ishlatilgani ko'rilmoqda.
54. Penalti! “Aston Villa” darvozasi tomon! Saka jarima maydonchasiga kirib ketayotganda unga nisbatan qo'pollik ishlatildi.
49. Makginning jarima maydonchasi tashqarisidan uzatgan to'pini darvozaga yo'llaydigan sherigi topilmadi.
47. Matsen o'tkir burchakdan turib zarba berdi, ammo noaniq.
46. Ikkinchi bo'limga start berildi.
45. Birnichi bo'lim yakunlandi.
45. Dastlabki bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
39. “To'pchilar” faollik qilmoqda, bir qator hujumlar xavfli tus olmayapti.
27. Matsenning chap burchakdan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
25. Raysning zarbasidan so'ng to'pni Suzuki qaytara oldi!
23. Temp biroz pasaydi o'yinda, bahs maydon markazida kechyapti endi.
14. Haverc ajoyib kombinaciya yakunida uzatma aralash zarba berdi, ammo noaniq ketdi…
13. Endigi zarba esa Sakadan bo'ldi: bunisi aniq bo'lmadi.
12. Buendiyaning uzoqdan tepgan to'pi darvoza ustuniga borib tegdi!
8. Lyuis-Skellidan zarba bo'ldi, bunisi rekoshetga uchrab, to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
6. Keshning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
5. Dastlabki daqiqalarda har ikki jamoa hujumga o'tishga harakat qildi, biroq ikkalasi ham o'xshamadi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Angliya Premer-ligasining 2-turidan o'rin olgan "Aston Villa" - "Arsenal" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



