OCHL. Hafta ramziy jamoasidan “Paxtakor”ning 3 a'zosi va G'aniev joy oldi

Eldor Akmurzayev
28 sen 2020, 23:45
Musobaqaning 1/8 final bahslari yakunlariga ko'ra, ushbu bosqich ramziy termasi tuzib chiqildi.

Tarkibdan, “Paxtakor” futbolchilari, Eren Derdiyok, Dragan Cheran va Sardor Sobirxo'jaev o'rin egallashdi. Shuningdek, “Al-Ahli” darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol etgan “Shabab Al Ahli” yarim himoyachisi Azizjon G'aniev ham ramziy termadan joy oldi.

Darvozabon: Hamid Lak (“Persepolis”, Eron)

Himoyachilar: Avad Hamis Al-Faraj, Sulton Al-G'anim (ikkisi “Al Nassr”, S.Arabistoni), Orif Golami (“Istiqlol”, Eron), Xusayn Kanaani (“Persepolis”, Eron)

Yarim himoyachilar: Azizjon G'aniev (“Shabab Al Ahli”, BAA), Sardor Sobirxo'jaev (“Paxtakor”)

Hujumkor yarim himoyachilar: Mehdi Gaedi (“Istiqlol”, Eron), Dragan Cheran (“Paxtakor”)

Hujumchilar: Eren Derdiyok (“Paxtakor”), Iso Al-Kasr (“Persepolis”, Eron)


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia