

“Shunday o'yinni yuta olmaganimizdan hafamiz. Fikrimcha, biz katta tashabbusga ega edik. Ikkinchi bo'limda biz deyarli barcha jabhalarda o'yinni boshqardik. To'g'ri o'ynab, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Ammo 90-daqiqada biz burchakdan keyin gol o'tkazib yubordik. Albatta, bu achinarli. Bilmadim. Hissiyotlar turlicha. Bu biz uchun dars bo'ldi. Bu o'yindan endi ijobiy jihatlarni topish kerak. O'ylaymiz va tajriba orttiramiz. Biz ikki ochko yo'qotdik. Chunki yana bir marta qaytaraman: biz raqibni bosimda ushlab, ustunlikka ega bo'layotgandik”, - dedi Xomyakov.



