"Milan" AQSH terma jamoasi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

31 okt 2026, 00:12
"Milan" qanot hujumchisi Kristian Pulishich bilan yangi shartnoma imzoladi.

Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

"2023 yil iyul oyida "rossonerilar" safiga qo'shilganidan buyon Kristian jamoaning muhim futbolchilaridan biriga aylandi. U o'zining texnik mahorati, xarakteri, barqaror o'yini va ajoyib mehnatsevarligi bilan ajralib turdi. "Milan" safidagi 141 ta uchrashuvda urgan 44 ta goli uning jamoa uchun qanchalik ahamiyatli ekanini va klubning kelajak rejalarida qanday o'rin tutishini yaqqol ko'rsatadi", - deyiladi "Milan" bayonotida.

28 yoshli Pulishich joriy mavsumda 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

AQSH terma jamoasi safida esa uning hisobida 90 ta o'yin, 33 ta gol va 23 ta golli uzatma mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia