

“Tasnim” axborot agentligining xabar berishicha, Tabriz klubi haligacha O'monga to'g'ridan-to'g'ri parvoz qilish uchun ruxsatnoma ololmagan.
"Traktor" rahbariyati muammoni hal qilish maqsadida Eronning Ummondagi elchixonasi orqali ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy murojaat yuborgan. Biroq hozircha mazkur xatga javob kelmagan.
Agar O'mon tomoni to'g'ridan-to'g'ri parvozga ruxsat bersa, "Traktor" 1 noyabr, yakshanba kuni Tabrizdan O'monga yo'l oladi.
Aks holda, jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi 31 oktyabr, shanba kuni Tabrizdan Turkiyaning Istanbul shahriga uchadi va u yerdan O'monga yo'l oladi.
Shuningdek, "Traktor" klubi Osiyo futbol konfederatsiyasiga rasmiy xat yo'llab, parvoz ruxsatnomasi bilan bog'liq muammolar va O'mon tomoni bilan olib borilayotgan yozishmalar haqida ma'lumot bergan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Eron klubi parvozga ruxsat berilmasa, "Neftchi"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmasligi mumkinligi haqida OFKni ogohlantirgandi.
"Traktor" avval ham Qatarning "Ash-Shamal" klubiga qarshi uchrashuv uchun Ummonga safar qilishda qiyinchiliklarga duch kelgan va Iroq hamda Turkiya orqali manzilga yetib borishga majbur bo'lgan.
Ma'lumot uchun, "Traktor" va "Neftchi" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi Elit turniri 4-tur uchrashuvi 2 noyabr kuni Ummonda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.



