Xabi Alonso: "Kerrik - haqiqatan ham yaxshi inson, men uni juda hurmat qilaman"

31 okt 2026, 00:45
"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premer-ligasining 9-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan raqib jamoa ustozi Maykl Kerrik haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men Mayklni juda hurmat qilaman va murabbiy sifatida uning holatiga hamdardman. Uni yaxshi bilaman, chunki biz maydonda bir-birimizga qarshi o'ynaganmiz. Yaqinda afsonalar o'yinida ham ishtirok etdik va biroz suhbatlashdik.

U haqiqatan ham yaxshi inson. Bunday odam bilan muloqot qilishni istaysan. Ammo bundan ortiq hech narsaga izoh bermayman", - deya Alonsoning so'zlarini keltirmoqda Football London nashri.

"Chelsi" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi uchrashuv 31 oktyabr kuni London shahridagi "Stemford Brij" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football London