Obameyang – bir o'yinning uchta golida ishtirok etgan CHLning eng keksa futbolchisi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2025
Per-Emerik Obameyang Chempionlar Ligasida rekord o'rnatdi.

"Marsel" hujumchisi CHL tarixida bir o'yinda 3ta samarali harakat amalga oshirgan eng katta yoshdagi futbolchiga aylandi.

Kecha marselliklar 2-turda "Ayaks"ni (4:0) mag'lub etdi. Gabonlik forvard ushbu bahsda 2ta golga assistentlik qilib, o'z hisobiga 1ta gol yozdirib qo'ydi. Obameyang bu ishni 36 yosh 104 kunligida amalga oshirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports