

Neymar bosh murabbiy Karlo Anchelotti tomonidan Braziliya milliy jamoasining JCH-2026 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritildi
Neymar Braziliyaning Jahon chempionati uchun 55 kishilik dastlabki ro'yxatidan joy oldi.
Neymarni Jahon chempionatiga borishi yoki bormasligi haqidagi yakuniy qaror kelasi hafta e'lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Neymar “Santos” safidagi oxirgi 17 ta bahsda 11 ta gol urib, 4 ta golli pas bergan edi.



