Nematilla Qutiboev: "Birinchi taymda yaxshi o'ynadik. Bugun vaziyatlardan ham yaxshi foydalandik"

Administrator
26 apr 2023, 21:42
O'zbekiston kubogi birinchi turidan o'rin olgan "Aral" va Toshkentning "Do'stlik" klublari (4:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematilla Qutiboev matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yinga kelsak, o'zingiz ko'rdilaringiz. "Do'stlik" klubini yaxshi bilamiz, ular bilan mavsumdan avval ham o'rtoqlik o'yinida maydonga tushgandik. Bugungi o'yinga ob-havo ham ta’sir o'tkazdi – yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Birinchi taymda ayniqsa yaxshi o'ynadik. Bugungi o'yinda vaziyatlardan yaxshi foydalandik. 

- Bugun tarkibda 60-70 % o'zgarish bo'ldi. Shu haqida gapirsangiz...

- Tarkibga kelsak, Salamat Qutiboev Samarqanddagi o'yinda jarohat olgandi. Bugungi o'yinda yosh o'yinchilarni sinab ko'rdik. Mavsum uzun va aynan shu o'yinchilarni bugun sinab ko'rdik. 

- "Aral" jamoasining ushbu mavsum va o'tgan mavsumdagi o'yini orasidagi farq haqida nima deya olasiz?

- Bizda katta o'zgarish bo'lmadi. Tarkibning 60% qismi eski jamoadagi yigitlar. Mavsum boshida bizga lider futbolchilar kelib qo'shildi. Bugungi o'yinda deyarli o'tgan yildagi yigitlar o'ynashdi. Baribir, Pro ligada harakat qilgandan keyin yigitlar o'sadi. 


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia