"Milan" egasi Amorimni qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
30 okt 2026, 19:15
"Milan"ga egalik qiluvchi RedBird jamg'armasi asoschisi Jerri Kardinale jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimni qo'llab-quvvatlab chiqdi.

"Ruben Amorimga to'liq ishonaman. Uning lavozimi hech qanaqasiga xavf ostida emas. Amorimga ishonishda davom etaman. U shaxsan o'zim tanlagan murabbiy", – deya Kardinalening so'zlarini keltiradi “La Gazzetta dello Sport”.

“Milan” bu haftada “Bolonya”ga imkoniyatni boy berdi (2:4) va 2026/27 yilgi mavsum A Seriyada ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa 18 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport