"Arsenal" va MYU "Bryugge" hujumchisi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
30 okt 2026, 19:45
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" "Bryugge" hujumchisi Nikolo Tresoldini qo'lga kiritish uchun kurashga kirishdi.

Bu haqda “Football Insider” xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli germaniyalik futbolchini "Tottenxem" va "Chelsi" ham kuzatib bormoqda. Tresoldining "Bryugge" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha tuzilgan, biroq manbalarning fikricha, 2027 yilning yozida klub uchun uni saqlab qolish qiyin bo'ladi, ayni paytda belgiyaliklarda uning o'rniga yangi o'yinchi topish uchun vaqt etarli bo'ladi. Shu bilan birga, "Bryugge"ning poziciyasi sababli transfer qishki oynada amalga oshishi ehtimoli juda past.

Tresoldi 2025 yilning iyulidan beri "Bryugge" safida to'p tepib kelmoqda. U 2026/27 yilgi mavsum 14 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider